Buxoro SSBga yangi boshliq tayinlandi

Foto: SSV
Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Oltiyev Elyor Doniyorovich Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elyor Oltiyev 2011-yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2017-yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boshlagan.
Turli yillarda Buxoro viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasida bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi, Kogon shahar va Qorakoʻl tuman tibbiyot birlashmalari boshligʻi, shuningdek Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi kabi qator masʼul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar u Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring