Buxoro shahrida klasterning jinsi mahsulotlari savdo tarmogʻi ish boshladi
Yaqinda “BCT Cluster” va “TCT Cluster” klasterlari rahbari, senator Murtazo Rahmatov “Xalq soʻzi onlayn”
Nihoyat, koʻplar orziqib kutgan kun keldi. Buxoro shahrida korxonaning B Jeans doʻkoni ish boshladi.Shu munosabat bilan tantanali marosim oʻtkazildi.
— B Jeans– bu “Bukhara Cotton Textile” QK MCHJ (BCT) tomonidan ishlab chiqarilgan yangi mahalliy jinsi brendi sanaladi, — deydi mazkur korxona rahbari O. Jumayev. — Biz ochilish marosimida yigʻilgan ushbu doʻkon mamlakatimizdagi ikkinchi savdo tarmogʻi hisoblanadi. Kelgusida doʻkonlar tarmogʻini kengaytirib, mamlakatimizning boshqa viloyatlarida, shuningdek yaqin va uzoq xorijning yirik shaharlarida bir qator filiallarni ochishni rejalashtirganmiz.
Aytish joizki, BCT korxonasi eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Ularni montaj qilish, ishlatishda xorijiy mutaxassislar bilan bir qatorda mahalliy yosh kadrlarning hissasi katta. Muhandis
— Belgiya, Germaniya kabi davlatlardan sotib olingan zamonaviy uskunalarni montaj qilish ishlarida qatnashib, katta tajriba toʻpladim, — deydi u. — Bugun esa mehnatimiz samarasini koʻrib, gʻururlanib turibman. Bizda tayyorlanayotgan jinsi kiyim-kechaklar jahon andazalari darajasida. Qarang, oʻzimizning dalada yetishtirilgan paxtani chuqur qayta ishlash asnosida ana shunday xaridorgir mahsulotlar tayyorlanmoqda. Aytmoqchi, B Jeans doʻkonining dastlabki xaridorlaridan biri boʻldim. Juda xursandman. Savdo tarmogʻida 85 turdagi jinsi kiyim-kechaklar sotuvga qoʻyilgan.
Tadbirda korxonadagi ish jarayoni, kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida soʻz yuritildi, savdo tarmogʻi imkoniyatlari bilan tanishildi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring