Buxoro, Namangan va Xorazmda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Respublikaning turli hududlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanganlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi va Gʻijduvon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.N. fuqaro D.T.dan 4 000 AQSH dollarini 51,6 mln soʻmga sotib olgan vaqtida, fuqaro Z.H. (muqaddam sudlangan) fuqaro G.Z.dan 3 000 AQSH dollarini 38,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu kabi, Departamentning Namangan va Urganch shahri boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.D. fuqaro M.B.ga 3 500 AQSH dollarini 45,5 mln soʻmga sotgan vaqtida, fuqaro S.S. fuqaro D.X.dan 3 200 AQSH dollarini 40,8 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring