Bugundan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun choralar yana-da kuchaytirilmoqda
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi. Bu haqda Maxsus komissiya tomonidan maʼlum qilindi.
“Hurmatli fuqarolar!
Koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va eʼlon qilingan karantin talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi qaroriga asosan, 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi.
Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning roʻyxati qisqartirilib, alohida eʼlon qilinadi.
Koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi“, deyiladi Maxsus komissiya xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring