Bugun poytaxtimizning Uchtepa, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha oʻchadi

09:25 11 Aprel 2023 Jamiyat
594 0

Uchtepa tumani Beshqayragʻoch va TKAD koʻchalari kesishmasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich oʻrnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11-aprel kuni soat 09:00dan 18:00 ga qadar:

Uchtepa tumani aholi isteʼmolchilari: “Koʻksaroy”, “Oʻrikzor” va “Zarafshon” MFYlardagi jami 4 600 ta uy xoʻjaligida va 2 ta koʻp qavatli uydagi jami 60 ta aholi xonadonida hamda hududdagi 120 ta ulgurji isteʼmolchida;

Shayxontohur tumani aholi isteʼmolchilari: “Ming terak” MFYda joylashgan 10 ta koʻp qavatli uydagi jami 120 ta aholi xonadonida, Yangi turar-joy majmuosidagi 72 ta aholi xonadonida, Koʻksaroy koʻchasidagi 30 ta uy xoʻjaligida;

Shayxontohur tumani ulgurji isteʼmolchilari: Koʻksaroy majmuasi, “Fayz” milliy taomlari, Tilomsaroy, Fatx qushxonasi, “Lider gaz” MCHJ (AGTKSH), “Ibn sino” toʻyxonasi MCHJ, “EKSPAK Pres” MCHJ, “Muborak mebel” MCHJ, “GOʻSHT SUT” korxonasi, “Chashmir” choyxonasi, “Razetka kabel” MCHJ, “Ilyos keramika” MCHJ, “AKMAL BALIQ” CHP, “Uxod biznes” MCHJ, “AKMAL UMID BARAKA” MCHJ – jami 15 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Yashnobod tumani Ohangaron koʻchasida joylashgan gaz taqsimlash punktida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, bugun, 11-aprel kuni soat 10:00dan 17:00 ga qadar:

Aholi va ulgurji isteʼmolchilari: Gʻalabaninig 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta koʻp qavatli uydagi jami 1 200 ta aholi xonadonida, “A.Temur” MFY, Ulugʻbek, Furqat, Choʻlpon koʻchalaridagi jami 120 ta uy xoʻjaligida hamda ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?