Bugun ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni

11:11 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
122 0

Bugun ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat sinovlari uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanadi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) va adabiyot fanlaridan test sinovlari uchun roʻyxatga olish jarayonlari bugun 10-oktyabr kuni soat 23:59 gacha davom etadi.

Talabgorlar toʻlovlarni ertaga, 11-oktyabrgacha (shu kuni ham) amalga oshirish mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun, test sinovlari 1-2-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi hamda natijalar 1-dekabr kuni eʼlon qilinadi.

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish “my.gov.uz” sayti orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?