Budapeshtda Vengriya – Oʻzbekiston xalqaro tibbiyot forumi oʻtkaziladi

Avval xabar berganimizdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etyapti.
Ushbu tashrif doirasida vazir Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiyamiz bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazib, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi uchun ahamiyatli boʻlgan masalalarni muhokama qilmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri bugun Vengriya Respublikasi delegatsiyasi bilan boʻlib oʻtdi.
Ushbu mamlakat Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan oʻtgan muzokaralar chogʻida qator muhim ahdlashuvlar, birgalikda ikki mamlakat tibbiyoti uchun manfaatli boʻlgan takliflar oʻrtaga tashlandi.
Uchrashuvda taʼkidlanganidek, vengriyalik mutaxassislarning murakkab kasalliklarni davolashdagi yutuqlari hamda ushbu mamlakat shifoxonalarining zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangani mamlakat sogʻliqni saqlash tizimini Yevropa Ittifoqida ilgʻor darajaga koʻtardi.
Samarali sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, har kim sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun zarur sharoitlarni yaratish ikki mamlakat tibbiyotining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Davlatlarimiz tibbiyot xodimlarini oʻqitish, tajriba va texnologiyalar almashinuvi, yangi dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarni birgalikda yaratish kabi qator yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollariga ega.
Shundan kelib chiqib, uchrashuv davomida tibbiyot va farmatsevtika yoʻnalishlarida Oʻzbekistonda Debretsen universitetining filialini ochish masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻzaro muloqot chogʻida Oʻzbekistonda vengriyalik farmkompaniyalar ishtirokida dori-darmonlar ishlab chiqarish boʻyicha ham qator masalalar koʻrib chiqildi.
Muloqot yakunida vazirlar Budapeshtda Vengriya-Oʻzbekiston tibbiyot forumini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring