Bu yil “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” o‘tkaziladi
Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati, eng avvalo, uning og‘zaki ijodi folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topgan bo‘lib, ular millatning o‘zligini anglash, uning o‘ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi.
O‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish maqsadida 2019-yildan buyon yurtimizda “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” o‘tkazilib kelinmoqda.
Festival ilk marotaba 2019-yilda Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan, shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro festival joriy yilda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring