Bojxona qoʻmitasining dasturchilari ilk bor xorijda malaka oshirishga kirishdi
Bojxona qoʻmitasining bir guruh dasturchilari nufuzli IBM kompaniyasining Dubay shahridagi “IBM Technology Expert Labs” taʼlim dargohida malaka oshirish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnab ketishdi.
Ikki haftalik tahsil davomida ishtirokchilar raqamlashtirishning soʻnggi yutuqlari bilan tanishishadi, jumladan sunʼiy intellekt, mashina taʼlimi, texnik vositalarni taʼmirlash boʻyicha eng soʻnggi va zamonaviy bilimlarga ega boʻlishadi.
Xorijda ilk bor oʻtkazilayotgan bu kabi malaka oshirishlarni tashkil etish boʻyicha Davlatimiz Rahbarining joriy yil 29-avgust kuni Bojxona rasmiylashtiruvi markaziga tashrifi davomida topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur markaz tarkibida maʼlumotlarni qayta ishlash, kiberhujumlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, axborot tizimlarini zaxiralash, IBM maʼlumotlar bazalarini nazoratini tashkil etish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (Data-markaz) faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan.
Markaz yuqori quvvatli 1000 terabayt xotiraga ega 9 ta server, 4 ta axborot xavfsizligini taʼminlash hamda 8 ta telekommunikatsiya qurilmalari bilan jihozlangan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-122-Farmoniga asosan bojxona organlarida raqamlashtirish sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hozirga qadar 157 ta dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilib, uzluksiz ishlashi taʼminlandi. 35 ta avtomatlashtirilgan axborot tizim, 43 ta interaktiv xizmat, 9 ta mobil ilova joriy qilindi.
Shuningdek, 8 ta davlat, 1 ta xalqaro tashkilot, 30 ta vazirlik va idoralar hamda 32 ta xorijiy aviakompaniyalar bilan oʻzaro axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.
Natijada, soʻngi ikki yil davomida bojxona organlarida maʼlumotlar bazasi besh karra oshdi, bu esa dasturlarning uzluksiz ishlashini taʼminlashni yanada dolzarblashtiradi. Ayni shu jihatidan olsa, Dubaydagi malaka oshirish jarayonlari bojxonachi dasturchilar uchun har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur oʻquv jarayoni yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring