Bosh prokuror: 1700 dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi
Foto: Xabar.uz
Oʻzbekiston Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev 15-iyul kuni prezident videoselektoridan soʻng bergan intervyusida davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab oʻtdi.
"Birinchi topshiriq shundan iborat boʻldiki, fuqarolarimiz oʻzi bezovta boʻlayotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilishlarida biron bir bandlik holatlari boʻlmasligi toʻgʻrisida topshiriq berdilar.
Bu borada tegishli davlat organlarining imkoniyatlarini ishga solgan holda, murojaatlarni qabul qilish, oʻz vaqtida oʻrganish va birlamchi tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish choralari koʻriladi.
Bundan buyon har bir fuqaromiz “103”ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band boʻlish holatlariga mutlaqo chek qoʻyiladi.
Ikkinchi topshiriq – tez tibbiy yordam xizmatini yana kuchaytirish. Bu borada tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yana-da koʻpaytirish, aholiga qulay tez yordam koʻrsatish vazifasi oldimizga qoʻyildi.
Bundan buyon 15 daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan yetib borishi toʻliq taʼminlanadi.
Uchinchi masala fuqarolarimizdan test namunalarini oʻz vaqtida olish va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan chiqarish boʻyicha bor imkoniyatlarni yana-da safarbar qilib, test namunalari tahlillarini uzogʻi bilan ertasi kuniga chiqarib berish va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga oʻz vaqtida yetkazish choralari ham koʻriladi.
Eng asosiy topshiriqlardan biri shu boʻldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga boʻlgan ehtiyojni toʻlaqonli qondirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada kechaning oʻzida prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.
Koronavirusdan profilaktika qilish uchun 5 turdagi va kasallikni davolashga moʻljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy, yoki 2-3 oylik zaxirasini toʻliq taʼminlash va ularni arzon narxlarda aholiga sotish tartibi ham joriy qilindi», – dedi Nigʻmatilla Yoʻldoshev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring