Boris Jonson Ukrainaning Rossiya ustidan boʻlajak gʻalabasiga ishonchi komilligini aytdi

00:55 04 May 2022 Dunyo
1335 0

Foto: AP

Buyuk Britaniya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Oliy Radaga murojaati chogʻida maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, gap umumiy qiymati 300 million funt sterling boʻlgan radarlar, dronlar va hujum qurollari haqida bormoqda.

“Biz uzoq muddatli maqsadimizga erishmagunimizcha, boshqa doʻstlaringiz kabi Ukrainani qurol-yarogʻ, mablagʻ va gumanitar yordam bilan taʼminlashda davom etamiz. Biz Ukrainani shunday kuchaytirishimiz kerakki, hech kim sizga boshqa hujum qilishga jurʼat eta olmaydi”, degan Boris Jonson oʻz murojaatida.

Jonsonning aytishicha, u hozirda Ukrainaning Rossiya ustidan boʻlajak gʻalabasiga ishonchi komil. Prezident Vladimir Putin Ukrainaga “maxsus harbiy operatsiya” boshlash toʻgʻrisidagi qarori bilan qoʻpol xatoga xatoga yoʻl qoʻydi va natijada oʻz mamlakatining zaifligini koʻrsatdi.

Avvalroq, Kreml Boris Jonsonni Ukraina boʻyicha keskin bayonotlari uchun tanqid qilib, uning pozitsiyasini «nokonstruktiv» deb atagan edi. Shuningdek, Moskva Kiyevga qurol yetkazib berish Rossiyaning oʻz maqsadlariga erishishiga toʻsqinlik qilmasligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер