Bolgariya Prezidenti Rumen Radev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev tashrifining dastlabki kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga bordi.
Unga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohlik qildi. Bolgariya yetakchisi bogʻ markazida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻyib, mamlakatimizga hurmat va eʼtiborini izhor etdi.
Tashrif davomida Rumen Radev mazkur bogʻning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati haqida maʼlumotlar oldi. Unga monumentda aks etgan buyuk allomalar, qahramon sarkarda va jahongirlar, jadid bobolarimiz haqida batafsil soʻzlab berildi.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston” majmuasining gʻoyaviy va meʼmoriy yechimlari bilan tanishib, bogʻdagi noyob daraxt va gul-chechaklar, amfiteatr va favvoralar uygʻunligiga yuksak baho berdi.




















Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring