Bolangizdagi “oddiy” yoʻtal surunkali oʻpka shikaslanishining belgisi boʻlishi mumkin

Koʻpchilik ota-onalar boladagi uzoq davom etadigan nam yoʻtalni oddiy hol deb oʻylaydi. Biroq Germaniyaning Bochum shahridagi “Universitätskinderklinik” shifoxonasida ishlovchi pediatr shifokor doktor Anne Shlegtendal bu fikrga qoʻshilmaydi. Uning aytishicha, agar bola 4 haftadan ortiq vaqt davomida nam yoʻtal bilan qiynalayotgan boʻlsa, bu “surunkali bakterial bronxit” (PBB) kasalligi boʻlishi mumkin va uni darhol davolash kerak.
Bochumdagi shifokorlar guruhi bu borada tadqiqot olib bordi va bolaligida PBB bilan kasallangan 200 nafar bolaning holatini oʻrgandi. Ularning 63 nafari oradan 5-yildan 14-yilgacha oʻtgach, qayta tekshiruvdan oʻtkazildi. Natijada, ayrim bolalarda nafaqat yoʻtal davom etayotgan, balki oʻpka faoliyatida ham muammolar yuzaga kelgani maʼlum boʻldi.
Eng eʼtiborlisi shundaki, antibiotik bilan davolangan bolalarda ham keyinchalik salbiy asoratlar kuzatilgan. Doktor Shlegtendalning aytishicha, Germaniyada bu kasallik koʻp hollarda vaqtida aniqlanmaydi, shuningdek, PBB boʻyicha aniq davolash tartibi va bolalarni muntazam kuzatish boʻyicha tavsiyalar mavjud emas.
Shu sababli mutaxassislar bu kasallik haqida jamoatchilikni xabardor qilishga harakat qilmoqda. Ularning asosiy maqsadi — bolalar sogʻligʻini erta yoshdan boshlab asrash. Shu yoʻlda ular Germaniya sogʻliqni saqlash tizimi doirasida yangi raqamli yordamchi tizim yaratishni rejalashtirishyapti. Ushbu tizim orqali bolalardagi uzoq davom etadigan yoʻtal va boshqa xavf belgilarini erta aniqlash mumkin boʻladi.
Tizim oddiy signal yordamida ishlaydi: agar bola darhol shifokor koʻrigiga muhtoj boʻlsa, tizim “qizil signal” beradi. Bu usul ota-onalar va shifokorlarni ogohlantirib, bola sogʻligʻi uchun tezkor choralar koʻrishga yordam beradi.
Tadqiqotchilarning umidi shuki, ushbu tashabbus tufayli bolalar sogʻligi ustidan nazorat kuchayadi, ogʻir asoratlarning oldi olinadi va PBB kasalligi erta bosqichda aniqlanadi. Bu esa bolalik davridagi oddiydek tuyulgan yoʻtalni beparvolik bilan qarshi olish emas, balki jiddiy eʼtibor qilish zarurligini koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring