Bolalar markaziy poliklinikasi foydalanishga topshirildi

14:07 27 May 2025 Jamiyat
96 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Furqat tumani tibbiyot birlashmasida shifokorlar, patronaj hamshiralari ishtirokida “Sogʻlom ovqatlanish yarmarkasi” boʻlib oʻtdi. Unda tuman tibbiyot birlashmasi, barcha oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari qatnashdi. Shuningdek, yuzma-yuz muloqotga sogʻlom turmush tarziga amal qilish orqali baxtli umrguzaronlik qilayotgan 60 ga yaqin oilalar vakillari taklif etildi.

— Tibbiyotda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli bizning maskanda ham jahon andozalari darajasida sharoit yaratildi, — deydi Furqat tumani markaziy poliklinka mudiri Barnoxon Otaboyeva. — Ayni paytda bu yerda 30 ming nafardan ziyod aholiga birlamchi tibbiy xizmatlar koʻrsatilmoqda. Poliklinikada sifatli xizmat koʻrsatish koʻlamini oshirish maqsadida tor doiradagi barcha mutaxassislar jamlangan.

Ushbu tadbirda “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024-yil ikkinchi mavsumida gʻolib topilgan tuman bolalar markaziy poliklinikasi binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?