Boysundagi “M-25” konidan yana gaz sizib chiqdimi?
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi kondan yana katta hajmdagi gaz sizib chiqqani aks etgan videolar tarqaldi. Energetika vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Bildirilishicha, kecha, 2-noyabr kuni Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-son gaz qudugʻida avvaldan yoqib qoʻyilgan olovning vaqtincha soʻnish holati kuzatilgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan. Shundan soʻng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qoʻyilgan.
“Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga toʻla javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat boʻlib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan.
Vazirlik, shuningdek, mazkur holat 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bogʻliq emasligini alohida qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring