Boysun tumanida zamonaviy turizm markazi bunyod etiladi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Turkiyaning “Idealist” shaharsozlik, meʼmorchilik va muhandislik kompaniyasi tomonidan zamonaviy sayyohlik markazi barpo etiladi.
Loyihaga koʻra, Boysun tumanining Omonxona qishlogʻidan Zovboshi togʻli hududigacha boʻlgan hududda anʼanaviy qishloq hayotini aks ettiruvchi madaniy, tibbiy va tabiat turizmi markazlari yaratiladi. Xususan, madaniy turizm markazida yirik madaniyat markazi, amaliy sanʼat va hunarmandchilik ustaxonalari, oʻtovlar majmuasi, oynali ayvonlar, avtoturargoh va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etilsa, tabiat turizmi markazida mehmonxona, savdo shoxobchalari, tibbiy muassasa, villa hamda eko bogʻlar joylashtiriladi. Tibbiy turizm markazida togʻ-dor yoʻli bekati, maxsus maydonlar, masjid va mehmonxonalar qurilishi koʻzda tutilgan.

Har uchala turizm markazlari togʻ-dor yoʻli orqali oʻzaro bogʻlanib, piyoda sayr qilish yoʻlagi, erkin togʻ velomarshrutlari ham tashkil etiladi.
Loyiha 20 yil davomida 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring