Bogʻcha va maktablardagi korrupsiya holatlari keskin kamaygani qayd etildi

15:22 09 Sentyabr 2025 Jamiyat
110 0

Illyustrativ foto

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishi bogʻcha va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaygani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan birga, maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga toʻliq oʻtmaganiga eʼtibor qaratildi.

Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda oʻquvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bogʻchalarda xodimlar tabeli qogʻozda yuritilyapti.

Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi oʻquv yiligacha maktab va bogʻchalardagi barcha xizmatlar toʻliq raqamli formatga oʻtishi shartligi qayd etildi.

Kecha Prezident yosh avlodni tarbiyalashning yagona konsepsiyasi bilan tanishdi.

Endilikda yosh toifalari boʻyicha milliy tarbiya modeli yaratiladi. Bu orqali bolalar zamonaviy kompetensiyaga ega mutaxassis boʻlish bilan birga milliy qadriyatlarga sodiq inson boʻlib tarbiyalanadi.

Buning ilk qadami sifatida yangi oʻquv yilidan barcha bogʻcha, maktab va oliygohlarda har dushanba “Kelajak soati” darslari oʻtilmoqda.

Umuminsoniy, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik gʻoyasi, Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni oʻzgarib borayotgan zamon sharoitida texnologiya asri bolalariga chuqurroq, zamonaviy usullarda yetkazish kerakligi aytildi.

Shu bois, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar ishlab chiqadi.

Yaratilgan kontent “Milliy tarbiya” platformasiga doimiy ravishda joylashtiriladi, telekanallarda yoritib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер