BMTTD Oʻzbekiston bilan loyihalashda energiya tejamkor usullarni qoʻllash borasida hamkorlik qilmoqda
Foto: «Xalq soʻzi»
Aholini energiya tejamkorligi boʻyicha taʼlim bilan taʼminlash hozirgi davrning nihoyatda muhim va dolzarb vazifasidir.
Oʻzbekistonda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish jarayoni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan, Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan «Oʻzbekistonda energiya samarador qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish» qoʻshma loyihasini amalga oshirish natijasida jadal rivojlanmoqda. Shuningdek, loyiha ushbu sohadagi tegishli mutaxassislarning xabardorligini oshirishga yordam beradi.
2024-yilning aprel — iyun oylarida loyiha doirasida arxitektor-loyihachilar, shuningdek, ushbu soha professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun mamlakatimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida treninglar oʻtkazildi.
Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti koʻmagida hamda BMTTDning Oʻzbekistondagi «Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish» loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
BMTTD ekspertlari ishtirokchilarga passiv isitish va sovitish tizimlariga ega binolarni loyihalashning afzalliklarini taqdim etdilar. Ulardan foydalanish atmosferaga zararli issiqxona gazlari chiqindilarini ancha kamaytiradi. Oʻquv seminarlari davomida ishtirokchilar bino insolyatsiyasini hisoblaydigan onlayn va offlayn dasturiy taʼminotlar bilan tanishdilar.
Treninglarda, shuningdek, loyihalash va qurilish jarayonlarining sifatini oshirish va shaffofligini taʼminlashda BIM (Building Information Modeling – Binoni maʼlumotli modellashtirish) texnologiyalarining oʻrni alohida taʼkidlandi. BMTTD/GEF loyihasining yana bir muhim faoliyati – energiya tejamkor qurilish materiallari va texnologiyalarini sotib olish uchun ajratilgan yashil investitsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi taqdim etildi. Tadbirlarda jami 250 ga yaqin mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Eslatib oʻtamiz, BMTTD/GEF loyihasi 2017-yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning muhim yutugʻi 24 turdagi energiya tejaydigan uylarning loyihalarini ishlab chiqish boʻldi. Loyiha, shuningdek, binolar uchun energiya samaradorligi boʻyicha yanada qatʼiy talablarni joriy etish uchun bir qator qurilish meʼyorlarini qayta koʻrib chiqdi. Bu butun respublika boʻylab energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joylarni ommaviy qurilishiga turtki boʻldi. Bundan tashqari, loyiha 1358 ta energiya tejamkor va kam uglerodli uylar va koʻp qavatli turar joy binolarini qurishda moliyaviy va texnik yordam koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring