BMT Taraqqiyot dasturining nufuzli mukofoti — “Gender tenglik boʻyicha kumush nishoni”ga Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi sazovor boʻldi

18:46 14 Fevral 2026 Siyosat
659 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi vakillariga BMT Taraqqiyot dasturining nufuzli mukofoti — “Gender tenglik boʻyicha kumush nishoni” (Gender Equality Seal) tantanali ravishda topshirildi. Eʼtiborlisi, mazkur natijaga Oʻzbekiston MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi boʻlib erishdi.

Ushbu yutuq xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda hamda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning amaliy samarasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Maʼlumki, “Davlat muassasalarining gender tenglik nishoni” dasturi 2022-yil oktyabr oyida boshlangan boʻlib, loyiha BMT Taraqqiyot dasturi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi.

Dastur doirasida Bojxona qoʻmitasida ichki tartib-qoidalar va kadrlar siyosati takomillashtirildi, institutsional islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ayol xodimlar soni ikki barobarga oshirildi, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilgan ayollar soni 3 baravar koʻpaydi, gender masalalari boʻyicha ekspert lavozimi joriy etildi. Shuningdek, “gender tahlil va gender byudjetlashtirish” boʻyicha ichki hujjatlar qabul qilinib, xotin-qizlarning kasbiy va boshqaruv salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Ushbu yutuq mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash va inklyuziv boshqaruvni rivojlantirish borasidagi izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер