“Biz bu mamlakatni boshqaramiz”: Tramp Venesueladagi operatsiya boʻyicha bayonot berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuelada amalga oshirilgan harbiy operatsiyani quruqlik, dengiz va havodan olib borilgan “ajoyib hujum” deb atadi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Trampning taʼkidlashicha, bunday koʻlamdagi harbiy harakatlar Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan. Qoʻshimcha qilinishicha, AQSH Venesuelaga qarshi ikkinchi toʻlqin — “ancha kattaroq hujum”ni boshlashga tayyor. Biroq u hozircha bunday harakatga ehtiyoj yoʻqligini taʼkidladi.
Shuningdek, Tramp Amerika neft kompaniyalari Venesuelani qayta tiklashda ishtirok etishini maʼlum qildi. “Ular u yerga borib, vayron boʻlgan infratuzilmani qayta tiklaydi. Ular bu mamlakat uchun pul ishlay boshlaydi”, — dedi Tramp.
Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlar rahbari Venesuela u yerda yangi hokimiyat boshqaruvi yoʻlga qoʻyilgunga qadar AQSH boshqaruvi ostida boʻlishini ham qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring