Biz 2030-yilga borib, sunʼiy intellekt boʻyicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz — Shavkat Mirziyoyev
“Biz 2030-yilga borib, sunʼiy intellekt boʻyicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz. Shu bois, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, «Sunʼiy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz», – deya taʼkidladi davlat rahbari.
Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.
Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, oʻzimizdagi dasturlar boʻyicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro koʻrgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat boʻladi.
Yigʻilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika oʻqituvchilarining fikrlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring