Bir oiladan koronavirus asoratlari tufayli bir necha kishi vafot etgan holatlar ham boʻldi — Otabekov
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov soʻnggi brifinglarning birida aytgan — “koronavirus uy sharoitida koʻproq yuqyapti” degan soʻzlariga izoh berdi.
«Keling bu savolga javob berishdan oldin bir nechta raqamlarga aniqlik kiritaylik. Respublika boʻyicha COVID-19 bilan kasallanish mutloq (absolyut) sonda 54 mingdan ortib ketdi, bu umumiy aholi soniga nisbatan 0.15% ni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich har 100 ming aholi soniga nisbatan nisbiy (intensiv) sonda 158.8 ni tashkil etadi.
Endi uy sharoitida kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori degan fikrga qoʻshilgan holda, mazkur fikrni asoslab beramiz. Havo tomchi yoʻli bilan yuqadigan yuqumli kasalliklar, jumladan COVID-19 kasalligi ham yopiq joylarda tez tarqaladi. Negaki, yopiq joyda virus uzoq muddat saqlanibgina qolmasdan, yaqin muloqotlar natijasida bir odamdan ikkinchi odamga yuqish ehtimoli ortadi.
Amaliyotda koʻrayapmizki, agar kasallik biron bir xonadonda qayd etilsa, bittagina bemor qayd etilishi bilan chegaralanib qolmayapti, aksincha baʼzi hollarda bemor yaqinlarining, oila-aʼzolarining qariyb barchasiga kasallik yuqayapti. Tahlillar bemorlar bilan xonadon sharoitida muloqotda boʻlganlarning 50-100 foiziga kasallik albatta yuqishini koʻrsatayapti. Afsuslar boʻlsinkim, bitta xonadondan bir nechta odam vafot etgan holatlar ham mavjud.
Tan olishimiz kerakki, biz koʻchada masʼuliyatni, javobgarlikni sezganimizdan, istihola qilganimizdan, uyalganimizdan boʻlsa ham karantin va cheklov tadbirlariga toʻliq yoki qisman rioya etamiz. Uydachi, uyga kelgach bu kabi talablar borligini toʻliq unutamiz, oʻzimizni erkin tutamiz, maishiy muloqotlarimiz kengaytiramiz.
Siz koʻchadan kasallikni yuqtirib oldingiz deylik, hali kasallik belgilari namoyon boʻlmagan yoki test sinamasini topshirmagansiz, demak kasallikning yashirin davrida uyda boʻlish barobarida Siz koʻplab oila-aʼzolaringizni xavf ostiga qoʻyasiz», deydi Otabekov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring