Bishkekda “Made in Andijan” yarmarkasi

13:04 08 Sentyabr 2025 Jamiyat
90 0

Qirgʻiz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Andijon viloyatining tekstil mahsulotlariga bagʻishlangan “Made in Andijan” yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

— Ushbu tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad Qirgʻiziston bozorida mahsulotlarimiz nufuzini oshirish va ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat boʻldi, — deydi viloyat hokimligi masʼul xodimi Rustamjon Eshonov. — Yarmarkada andijonlik tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlari namoyish etildi.

Andijon mahsulotlari qoʻshni davlat vakillarida qiziqish uygʻotdi va bir nechta kelishuv hujjatlari imzolandi.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер