Bir qator sudyalar intizomiy javobgarlikka tortildi
Sud tizimi faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi, shuningdek, ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqidagi masalani koʻrib chiqish Sudyalar oliy kengashining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati tomonidan lavozimidan ozod etilgan, shuningdek, faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan sudyalar intizomiy javobgarlikka haqida muntazam axborot berib kelinmoqda.
Xususan, masʼuliyatsizligi va faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi V. Sattorova, Andijon viloyat maʼmuriy sudining raisi M. Salimov, Andijon viloyat sudining raisi T. Meliboyev, fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining sudyasi B. Kutliyev hamda fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining raisi S. Rahmatullayev intizomiy javobgarlikka tortildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring