Bir guruh xitoylik investorlar Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Said Donishev/«Xalq soʻzi». Joriy yilning 17-26-yanvar kunlari Jizzax viloyati hokimi boshchiligida hokimlik masʼullari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda tadbirkorlardan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlgan edi. Tashrif davomida ikki davlat biznes vakillari va tadbirkorlari ishtirokida investitsiya kiritish yuzasidan hamkorlik muzokaralari boʻlib oʻtgandi.
Kuni kecha mazkur uchrashuvlar davomi sifatida savdo iqtisodiy shartnomalar tuzish uchun xitoylik tadbirkorlar Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi Ergash Saliyev xitoylik tadbirkorlarga viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari haqida maʼlumot berib, tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik samarali boʻlishini taʼkidladi. Oʻz navbatida, xitoylik tadbirkorlar ham oʻzaro hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini bildirib oʻtishdi.
Shundan soʻng, viloyat rahbari mehmonlarni Jizzax shahrida oʻtkazilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga taklif etdi. Unda xitoylik investorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, chuqur qayta ishlangan mahsulotlar, qurilish materiallari, yengil sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va dorivor oʻsimliklar sohasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish barobarida yangi hamkorlar bilan ham muzokaralar olib borishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring