“Bir bayroq ostida” respublika estafetasi tadbirlari o‘tkazildi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilning 8–18 noyabr kunlari “Bir bayroq ostida” respublika estafetasi tadbirlari o‘tkazildi.
Ramziy bayroq 8 noyabrdan boshlab yurtimizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, uch yo‘nalishda poytaxt tomon harakatlandi.
Birinchi, G‘arbiy yo‘nalish – 8 noyabr kuni bayroq estafetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoqdan boshlanib, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari orqali;
Ikkinchi, Janubiy yo‘nalish – bayroq 8 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyodan boshlanib, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari orqali;
Uchinchi, Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 10 noyabr kuni estafeta Andijon viloyati Xonoboddan boshlanib, Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlaridan olib o‘tilib, Toshkent shahriga yetib keldi.
Barcha hududlarda estafeta safi milliy g‘urur ko‘zlarida, shahrida, harakatlarida aks etgan yurtdoshlarimiz bilan kengayib bordi. Mazkur tashabbus tom ma’noda barchani birlashtirib, umumxalq harakatiga aylandi.
Uch yo‘nalishdan kelgan ramziy bayroqlar harbiylar, ziyolilar, madaniyat namoyandalari, sportchilar va yetakchi yoshlar ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi. Ramziy bayroq Bektemir tumani “Rohat” posti, Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi O‘zbekiston” bog‘i majmuasi, Chilonzor tumani “Erkin” posti hamda Yangi O‘zbekistonning yangi manzillaridan o‘tib, soat 17:00 da Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydoniga uchta tomondan kirib keldi va yagona bayroq ostida birlashdi.
Keng jamoatchilik vakillari, ziyolilar, olimlar, shoirlar, adabiyotshunoslar, san’at va madaniyat namoyandalari, sportchilar, harbiylar, yoshlar bilan gavjum maydonda katta bayram dasturi tashkil qilindi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov davlat ramzlarining tarixiy, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr bildirar ekan, estafeta loyihasi xalqimizni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, ezgu orzu va intilishlarga ilhomlantirish, har qalbda milliy g‘urur, vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladi.
Tadbir gala-konsert formatida davom ettirilib, vatanparvarlik, milliy g‘urur, birdamlik haqidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat, bayramona shukuh baxsh etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring