Binyamin Netanyaxu Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga kirishga tayyorlanayotganini eʼlon qildi
Foto: Reuters
Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoriga kirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu maʼlum qildi.
Biroq, u operatsiya vaqti va boshqa maʼlumotlar haqida hech qanday maʼlumot bermadi.
“Biz minglab terrorchilarni yoʻq qildik va bu hali boshlanishi. Ayni paytda biz quruqlikka bostirib kirishga tayyorlanyapmiz. Men qachon, qanday va qancha miqdorda kirishimiz haqida batafsil maʼlumot bermayman”, deydi Netanyaxu.
Isroil bosh vazirining aniqlik kiritishicha, mamlakat qurolli kuchlarining Gʻazo sektoriga aynan qachon kirishi haqidagi qaror hukumatning maxsus harbiy kabineti tomonidan qabul qilinadi.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan.
Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar bermoqda. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring