Betonning mustahkamligini oshiradigan mahsulot ishlab chiqariladi

11:29 09 Fevral 2026 Jamiyat
248 0

Bugungi kunda uy-joy, infratuzilma obyektlari, sanoat korxonalari qurilishini beton mahsulotisiz tasavvur etish mushkul. Shuni hisobga olgan holda Janubiy Koreyaning “KP Global” kompaniyasi mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda Kogon shahrida beton uchun plastifikator ishlab chiqarishga qaratilgan biznes loyihani amalga oshirmoqda.

“Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi” maxsus sanoat parki hududida ish boshlashi kutilayotgan qoʻshma korxona 5 million AQSH dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya evaziga barpo etilyapti. U ichki bozorda talab katta boʻlgan plastifikator ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

Ushbu xom ashyo kimyoviy qoʻshimcha boʻlib, betonni pishiq-puxta qilib tayyorlashda qoʻllaniladi. Plastifikator qoʻshilgan holda tayyorlangan beton konstruksiyalarning tashqi taʼsirga, jumladan, sovuqqa chidamliligi oshadi. Ekspluatatsiya muddati uzayadi. U beton tayyorlashdagi suv sarfini kamaytirishga ham xizmat qiladi. Koʻplab ish oʻrni yaratish imkonini beradigan bu loyihaning yana bir muhim jihati shundaki, qoʻshimcha kimyoviy modda import oʻrnini bosadi. Istiqbolda esa qoʻshma korxonaning viloyat eksport salohiyatini oshirishga ham hissa qoʻshishi kutilyapti.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер