Beruniylik 112 yoshli Norjon momoga mukofot topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Beruniy tumanida yashovchi Norjon momo Zaripova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov 112 yoshli Norjon momoga “Shuhrat” medali tantanali ravishda topshirib, onaxonni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Norjon momo Zaripova qoʻlini duoga ochib, ushbu ulugʻ ayyom bilan barchani qutladi, shunday shodiyona kunlarda yoshi ulugʻ keksalarga koʻrsatayotgan eʼtibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon yashashini niyat qildi.
Tabarruk yoshli onaxon umrini dalada oddiy ishchi sifatida oʻtkazib, paxtachilik va gʻallachilik sohasida katta tajriba orttirgan. Samarali mehnati orqali moʻl hosil yetishtirishga munosib hissa qoʻshgan.
Bugungi kunda Norjon momoning 9 farzandi, 30 nabirasi, 60 nevarasi va 11 evarasi bor. Onaxon barcha avlodlarini hamjihatlikka chorlab, oila va jamiyatda ibrat namunasi boʻlib kelmoqda.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring