Berlinda “Oʻzbekistonning bebaho merosi” mavzusida tadbir oʻtkazildi
Berlindagi Oʻzbekiston elchixonasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan “Oʻzbekistonning bebaho merosi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir YUNESKO Bosh konferensiyasining 2025-yili Samarqandda oʻtkaziladigan 43-sessiyasiga bagʻishlandi. Unda Germaniyadagi oʻzbekistonliklar, tahsil oluvchi yoshlar, nemis ekspertlari va nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.


Tadbirni Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov ochib, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi taʼlim va madaniy hamkorlik haqida gapirdi. Shuningdek, u mamlakatimizning boy madaniy merosi va bu yoʻnalishdagi hamkorlikning ahamiyatiga toʻxtalib oʻtdi. Tadbirda OʻzMU prorektori Raima Shirinova va professor Akbar Bobobekov YUNESKOga kiritilgan nomoddiy madaniy meros obyektlari va ularning muhofazasi haqida taqdimot qilishdi.
Tadbir davomida oʻzbek milliy sanʼati va hunarmandchilik namunalari koʻrgazmasi tashkil qilindi. Kulolchilik, miniatyura, tasviriy sanʼat va kashtachilik asarlari namoyish qilindi. Shuningdek, oʻzbek milliy taomlari va qandolat mahsulotlari mehmonlarga taqdim etildi.


Musiqiy qismida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Asliddin Doʻstov boshchiligidagi sanʼatkorlar ishtirok etdi. Ular tomonidan YUNESKO nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan oʻzbek milliy qoʻshiqlari ijro etildi. Shuningdek, iqtidorli OʻzMU talabalari ham oʻz ijrolari bilan tadbirga rang qoʻshishdi.
Tadbir madaniy aloqalarni rivojlantirish va Oʻzbekistonning boy merosini dunyoga kengroq tanitishda muhim qadam boʻldi. Bu tadbir nafaqat Germaniyadagi oʻzbekistonliklar uchun, balki nemis jamoatchiligi uchun ham katta qiziqish uygʻotdi. YUNESKOning 43-sessiyasi oldidan oʻtkazilgan ushbu tadbir Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻsini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring