Benzinni ulgurji sotgan “zapravka” birja savdolaridan chetlatildi
Fargʻonada 3,7 tonna AI-80 markali avtobenzin AYQSH orqali emas, ulgurji sotib yuborilgan.
“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan soʻnggi ikki kunda 50dan ziyod yoqilgʻi “zapravka”larida nazorat ishlari amalga oshirildi.
Nazorat tadbirlari doirasida neft bazalaridan maxsus tashuvchi transportlar orqali benzin yetkazib berilishi oʻrganildi. Inspeksiya oʻrganishlar davom etishini bildirgan.
Inspeksiyaning Fargʻona viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan oʻtkazgan nazorat tadbirlari natijasida, Fargʻona tumanida joylashgan “V.H.O.“MCHJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchasiga taʼminotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna AI-80 benzini AYQSH orqali sotilmasdan, ulgurji sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan mazkur AYQSHlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.
9-dekabr kuni vazirlik metan “zapravka”lar (AGTKSHlar) faoliyatiga vaqtinchalik qisqa muddatli cheklov kiritilishini maʼlum qildi. Havo haroratining keskin pasayishi bilan gaz isteʼmoli keskin oshdi va quvurlardagi bosim pasaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring