BBC Global News Sirdaryo viloyati turizmini targʻib etishda hamkorlik qiladi
Avval xabar berganimizdek, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasida “Ipak yoʻlida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi oʻz ishini boshladi.
Yarmarkada Sirdaryo viloyati ham hududda turizmni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan stend bilan ishtirok etmoqda.
Xalqaro yarmarkaning birinchi kunidayoq Sirdaryo viloyati hokimligi jahonning yetakchi BBC Global News mediakompaniyasi bilan viloyatining turizm salohiyatini butun dunyo boʻylab keng targʻib etishga qaratilgan qoʻshma loyihani amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Kelishuv doirasida kelajakda viloyat turizmini BBC Global News auditoriyasi orqali Gʻarbiy Yevropa va Amerika qitʼasida targʻib etgan holda uzoq xorij mamlakatlaridan Sirdaryoga tashrif buyuruvchi turistlar sonini koʻpaytirish koʻzlanmoqda va viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan ommaviy axborot vositalari vakillarining tajribasini oshirishda mahorat darslari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring