“Barselona”ning 31 yoshli sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin

Fransiya terma jamoasi aʼzosi va “Barselona” klubi sobiq himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqida “RMS Sport” nashri xabar berdi.
Samuel Umtiti 2018-yil jarohati boʻlishiga qaramay terma jamoa bilan Jahon chempionatiga bordi. 2019-yilda esa yana jarohatlari koʻpaygani bois terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Klub darajasida ham tizza muammolari sabab doimiy oʻyin amaliyotisiz qoldi. 2024-yilda ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va 2024-yil yanvar oyida maydonga qaytdi.
“Hozirda ushbu futbolchiga Yaqin Sharq klublari va AQSHdan takliflar bor. Ammo Samuel faoliyatini yakunlamoqchi. Futbolchi bugun «Lion” klubi bazasiga video yozgani keladi. Katta ehtimol, bu xayrlashuv videosi boʻladi», deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Samuel Umtiti faoliyati davomida “Lion”, “Barselona”, “Lechche” va “Lill” kabi klublarda oʻynagan. Fransiya terma jamoasi bilan mundial gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring