“Barselona” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 13-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 16-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Barselona” klubi oʻz maydonida “Xetafe”ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida Kataloniya klubi katta ustunlikka ega boʻldi. Xans Flik boshchiligidagi jamoa dastlabki boʻlimda raqib darvozasi tomon 13 ta zarba yoʻlladi. Ammo hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimning 70-daqiqasida Rafinya oʻyinda hisob ochdi. Oradan 16 daqiqa oʻtib, uning oʻzi dublga erishdi. Qayd etish kerakki, bu braziliyalik futbolchining joriy mavsumdagi ikkinchi dubli boʻldi.
Shu tariqa, oʻyin “Barselona”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng, Lamin Yamal yetakchiligidagi jamoa 43 ochko toʻplagan holda La Liga jadvalida yaqqol yetakchiga aylanib qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring