Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.
Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.
Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha toʻlov qilishga majburlayotgani boʻyicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.
Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga koʻmak berish orqaligina erishish mumkinligini koʻrsatib oʻtdi.
Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi. Bosh prokuraturaga bu masalani alohida nazoratga olish topshirildi.
Yil boshidan 67 ta tumanda tushum 1,5 karra oshdi. Masalan, Baxmal, Jalaquduq, Forish, Qoʻrgʻontepa va Guliston tumanlarida oʻsish 2 baravar boʻlgan.
Lekin Nukus, Oqdaryo, Qiziriq, Mingbuloq, Mirzo Ulugʻbek, Qibray, Toyloq tumanlari, Namangan va Zarafshon shaharlarida oʻsish surʼatlari qolgan hududlardan ancha orqada ekani, Shumanayda esa umuman oʻsish boʻlmagani koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga soliq tushumlarida oʻsish past boʻlgan ushbu hududlarga borib, ajratilgan kredit, subsidiya, davlatdan berilgan resurslar samarasini tahlil qilish topshirildi.
Tahlil yakunlariga koʻra ushbu hududlar hokimining birinchi oʻrinbosari va soliq rahbarlari faoliyatiga baho beriladi.
Ushbu tumanlarda hamda har bir viloyatda respublikadan yordam olayotgan eng ogʻir bittadan tumanda tushumni 2 karra oshirish boʻyicha namuna yaratish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring