Baliqchida 93,5 mln yevrolik yirik tekstil kompleksi barpo etilmoqda
Baliqchi tumanida “Tetratex” MCHJ tomonidan zamonaviy tekstil kompleksi barpo etilmoqda. Umumiy qiymati 93,5 million yevrodan ziyod boʻlgan ushbu yirik sanoat majmuasi toʻrt bosqichda amalga oshirilib, hududning iqtisodiy qiyofasini tubdan oʻzgartirishi, yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim omilga aylanishi kutilyapti.
— Kompleks toʻliq ekspluatatsiyaga topshirilgandan soʻng 6 ming 650 nafarga yaqin aholi doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlanadi, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffarjon Karimov. — Loyihaning amalga oshirilishi viloyatda sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshiradi, yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantiradi.
Yangi majmua barpo etilishi tuman ijtimoiy infratuzilmasini ham kengaytirishni talab etadi. Bu esa qoʻshimcha xizmat koʻrsatish obyektlari, logistika markazlari, transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, loyiha toʻliq amalga oshirilgandan keyin hududga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimi ortib, Baliqchi tumani mintaqaning yirik sanoat markazlaridan biriga aylanishi mumkin.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring