Baxtiyor Saidov Koʻrfaz davlatlari elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

20:07 12 Mart 2026 Siyosat
113 0

Bugun, 21-mart kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koʻrfaz davlatlari elchilari bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

Bildirilishicha, vazirlikda oʻtgan uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Qatar Davlati va Oʻmon Sultonligining Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Yaqin Sharqdagi vaziyat boʻyicha fikr almashilgan.

Saidov mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan holatlar yuzasidan xavotir bildirib, keskinlikning yanada kuchayishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek barcha nizolarni diplomatik yoʻllar orqali hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq hal etish muhimligini taʼkidlagan.

Shuningdek, Oʻzbekiston bilan Koʻrfaz arab davlatlari oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер