Baxtiyor Normatov Samarqand shahri prokurori lavozimiga tayinlandi

Baxtiyor Ismatullayevich Normatov Samarqand shahri prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Kecha, 22-may kuni Samarqand viloyati prokurori Murodqosim Eshnazarov hamda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazilgan.
Unda viloyat prokurori koʻp yillar shahar prokurori boʻlib faoliyat olib borgan Boburmirzo Oblaqulov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan adliya maslahatchisi Baxtiyor Ismatullayevich Normatovni jamoaga tanishtirgan.
Eslatib oʻtamiz, Baxtiyor Ismatullayevich Normatov tayinlovga qadar Narpay tuman prokurori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring