Baxshichilik — koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmasi
Foto: "Xalq so'zi"
Ajdodlar osha bardavom etib kelayotgan baxshichilik sanʼati bugun jahon ahli nazariga tushdi. YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni asrash hukumatlararo qoʻmitasi tomonidan baxshichilik sanʼati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritildi. Bu tarixiy voqea xalqimizning maʼnaviyati, madaniyati naqadar chuqur tarixga egaligidan dalolat beradi.
Shu munosabati bilan yaqinda Qarshi shahridagi Maʼnaviyat maskanida “Baxshiga baxshida kun” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston xalq baxshilari Qahhor Rahimov, Boyquchqor Ahmedov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi rahbari Lola Saodatova, filologiya fanlari doktori Abduolim Ergashev, tarix fanlari doktori Sahodat Murtozova, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Sharofat Ashurova va boshqalar xalq ogʻzaki ijodining betakror namunasi boʻlgan baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini keng targʻib etish, xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni koʻp ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilish sohasida davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan ishlar xususida soʻz yuritdilar.
— Xalqimizning noyob tarixiy qadriyati boʻlmish baxshichilikning dunyo miqyosida tan olinishi menga ilhom bagʻishlamoqda, — deydi Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov. — Shu xushxabarni eshitib, yangi-yangi termalarni ijod qildim, dostonlarning yangi qirralarini izlab topayapman. Nasib etsa, oʻz sanʼatimizni dunyo miqyosida namoyish etishga harakat qilamiz.
Tadbirda xushovoz baxshilar tomonidan xalq ogʻzaki ijodi namunalari yangradi, kuy-qoʻshiqlar raqslarga ulanib ketdi.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring