Bakalavr va magistrlar uchun davlat granti tasdiqlandi

11:06 19 Iyul 2025 Jamiyat
265 0

Illyustrativ foto

Bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha davlat granti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

“Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi.

Qayd etilishicha, farmoyish bilan 2025/2026 oʻquv yili va kelgusi 3 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bakalavriat bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

▪️ 2025/2026 oʻquv yili uchun – 35 500 ta;

▪️ 2026/2027 oʻquv yili uchun – 36 023 ta;

▪️ 2027/2028 oʻquv yili uchun – 36 460 ta;

▪️ 2028/2029 oʻquv yili uchun – 36 761 ta.

magistratura bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

▪️ 2025/2026 oʻquv yili uchun – 9 922 ta;

▪️ 2026/2027 oʻquv yili uchun – 10 191 ta;

▪️ 2027/2028 oʻquv yili uchun – 10 477 ta;

▪️ 2028/2029 oʻquv yili uchun – 10 784 ta.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat komissiyasiga respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti boʻyicha takliflarni taqdim etadi.

Shu bilan birga Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan takliflar bildiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?