Bayram mushakbozligi – sharsharadek mahobatli, kamalakdek serjilo(fotoreportaj)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Bu galgi Mustaqillik bayrami yurtimizning har bir goʻshasi, xususan, azim poytaxtimiz Toshkent shahrida oʻzgacha shukuh, turfa ohanglar, qoʻshiqlaru, rang-barang tadbirlar uygʻunligida boʻlib oʻtdi. Jumladan, Istiqlolning 28 yilligi arafasida yurtni tarannum etguvchi anʼanaviy koʻrik-tanlovlar yuksak saviyada tashkil etildi.
Mehnat jamoalarida, mahallalarda, taʼlim muassasalarida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” gʻoyasi ostida uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar, xalq sayllari oʻtkazildi.
Ayniqsa, mushakbozlik tomoshalari mezbonu uzoq-yaqindan kelgan mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi. Har bir otilgan “salyut” bugun kun shiddati, islohotlar mahobatini oʻzida ifoda etgandek goʻyo. Muxbirimiz, iqtidorli ijodkor Hasan Paydoyev ana shu serjilo kamalakning qaynoq “tomchilari”ni fotoapparati obyektiviga dadil-dadil va oʻz vaqtida muhrlay oldi. Soniyalarda aks etgan moʻjizalarni sizlarga ham taqdim etmoqdamiz.



































Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring