BAAning yetakchi OAVlarida Oʻzbekiston turizmi targʻib etiladi
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari hududlarida mamlakatimiz madaniy salohiyati va turizm imkoniyatlarini keng targʻib etish va turistlar oqimini oshirish maqsadida 12 nafar OAV vakillari, blogerlar hamda turistik operatorlardan iborat delegatsiya uchun press-tur tashkil etildi.
Tashrif mamlakatimizning Abu-Dabi shahridagi elchixonasi hamda “Air Arabia” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad mamlakatning madaniy salohiyati va turizm imkoniyatlari bilan BAA aholisi va rezidentlarini yaqindan tanishtirish hamda ushbu davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdir.
Maʼlumot uchun: “AIR ARABIA PJSC” kompaniyasi Sharja – Toshkent – Sharja hamda Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishlarida muntazam parvozlarni 2022-yil dekabr oyidan buyon amalga oshirib kelmoqda.
Tashrif doirasida, xorijiy delegatsiya aʼzolarining Toshkent shahri va Samarqand viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, tashrif yakunida “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turistik darvozasi” gʻoyasi asosidagi materiallar tayyorlash reja qilingan.
Shuningdek, loyiha doirasida Oʻzbekiston va BAA turoperatorlari oʻrtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlari amalga oshiriladi.
BAAning ikkita shahridan mamlakatimizga toʻgʻri avia qatnovlarini mavjudligini, taklif qilinayotgan OAV vakillarining ommabopligi bilan Arab davlatlarida auditoriyasining kengligini kelib chiqib, Madaniyat va turizm vazirligi BAAlari bilan bu kabi loyihalarni kelgusida amalga oshirishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring