BAA prezidenti Abdulaziz Aqqulovni “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirladi
Foto: “Dunyo” AA
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi elchisi Abdulaziz Aqqulovni mamlakatdagi elchilik faoliyati yakunlanishi munosabati bilan Birinchi darajali “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yaqinda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mukofotni BAA Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Davlat vaziri Said bin Muborak Al-Hajriy topshirgan.
Muloqot chogʻida vazir BAA va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari haqida toʻxtalib, barcha sohalarda munosabatlarni yanada rivojlantirishga sodiqligini taʼkidlagan. Al-Hajriy elchiga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning vakolati doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi oʻrnini yuqori baholagan.
Oʻz navbatida, Abdulaziz Aqqulov Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga chuqur minnatdorlik bildirib, BAA rahbariyati mamlakatning jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlashga qatʼiy intilayotganini aks ettiruvchi taraqqiyot va yutuqlarni eʼtirof etgan.
Uchrashuv yakunida oʻzbekistonlik diplomat oʻzaro aloqalarni mustahkamlash missiyasi muvaffaqiyatiga hissa qoʻshgan hamkorlik uchun hukumat tarkibidagi barcha idoralarga minnatdorlik izhor etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring