Ayollar rahbarligidagi kichik korxona va firmalar soni maʼlum qilindi

Illyustrativ foto
Oʻzbekistondagi ayollar rahbarlik qiluvchi kichik korxona va firmalar soni maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 43 860 tani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 2 611 taga yoki 6,3 % ga oshgan. Bu raqamlar Oʻzbekistonda ayollarning tadbirkorlikdagi oʻrni sezilarli darajada mustahkamlanayotganini koʻrsatadi, ammo umumiy tadbirkorlik bozorida ayollarning ulushi hanuz yetarlicha yuqori emas. 2025-yilning yanvar fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari soni 370 364 tani tashkil etgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvchi shu turdagi korxona va firmalar soni hududlar kesimida quyidagicha:
Toshkent shahri – 12 814 ta;
Toshkent viloyati – 5 598 ta;
Samarqand viloyati – 3 905 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 2 866 ta;
Xorazm viloyati – 2 673 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 656 ta;
Buxoro viloyati – 2 434 ta;
Fargʻona viloyati – 2 035 ta;
Navoiy viloyati – 2 025 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 879 ta;
Jizzax viloyati – 1 366 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 252 ta;
Andijon viloyati – 1 227 ta;
Namangan viloyati – 1 130 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring