Ayol asalarichilar mahallasi haqida eshitganmisiz?
Paxtachi tumanidagi Tadbirkor mahallasi ayollari shifobaxsh asal yetishtirib, elaro mashhur boʻlib bormoqda. Eʼtiborli jihati ayollar asalarichilikni mahallaning drayveriga aylantirishgan.
Masalan, Zuhraxon ayani olaylik. Bu tinib-tinchimas ayolni hech kim 60 yoshni qarshilagan demaydi. Onaxonning aytishiga koʻra, mahallada ayollar asalarichilik sir-sinoatini puxta egallab olishgan. Hozirda deyarli barcha xonadonlarda 5-6 qutidan asalari parvarishlanadi. 20 nafar qishloq ayoli hovlisida 15 qutidan to 30 qutigacha asalari oilasi bor.
— Asalarichilik mehnati ogʻir, oʻziga yarasha qiyinchiliklari boʻlgani bilan daromadi ham shunga yarasha yaxshi, — deydi Zuhra Muhammadiyeva. — Masalan, bizni oʻzimiz har yili asal yetishtirib oʻrtacha 15-20 million soʻm qoʻshimcha daromad olyapmiz. Asalarichilik ayollar uchun ham qiziqarli va qulay kasb ekanini xotin-qizlarimiz allaqachon isbotlab qoʻygan. Sababi asalari tozalikni yaxshi koʻradi. Saranjom-sarishta joyda yaxshi rivojlanadi. Shu jihatdan bu kasb ayollarga juda mos kelmoqda.

Mahalladagi hatto 70 yoshdan oshgan Shahzoda ayaning ham asalarichilikda yaxshi tajriba toʻplagan, kasbning miridan-sirigacha biladi. Nabiralarini ham ari boqishga oʻrgatmoqda.
— Bu kasbni qishloqda asalarichilikni keng yoygan Muhammad bobomdan oʻrganganman, — deydi Shahzoda Muhammadiyeva. — Asalni asosan oʻzimiz va yaqinlarimiz uchun yetishtiramiz, ehtiyojmandlarga beramiz. Undan ortsagina sotamiz. Mahallamiz ayollari asalarichilikni hadisini olgan. Uning sir-asrorlarini boshqa mahallalarga ham borib oʻrgatib kelishadi.
Hozirda eng faol asalarichi ayollardan biri Saodat opa Abdullayeva asalning inson organizmi uchun foydali jihatlari haqida gapirib berdi. Qiziqarli jihati shundaki, pandemiya davrida qishloqda biron kishi koronavirus bilan kasallanmagani, hozirda ham mahallada yotib qolgan ogʻir bemorlar yoʻqligi, barcha keksa yoshdagilar ham bardam, baquvvatligining sababi shu asal bilan bogʻliq ekanligini taʼkidladi.

— Bejizga asalni ming dardga davo deyishmaydi, — deydi Saodat Abdullayeva. — U immunitetni koʻtaradi, organizmni tozalaydi. Uzoq-yaqindan odamlar kelib ataylab asalariga oʻzlarini chaqtirib ketishadi. Asalarining zahri ham shifo-da.
Bir soʻz bilan aytganda Paxtachi tumanidagi Tadbirkor mahallasi ayollari tomorqa ishlari, kir-chir, mol-holdan ortib asalarichilik bilan ham shugʻullanishni uddasidan chiqayotgani ibratga molik. Oila daromadi, toʻkinlik va farovonlik yaratayotgan bu tadbirkor ayollar tajribasi mahallalar oʻrtasida keng yoyishga arzigulikdir.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring