Avtomobillarning majburiy sugʻurtasi narxi 2 barobarga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining «Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi [PQ-108-son] qarori ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari haqida»gi 458-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi maʼlum qildi.
Qaror bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi hamda aktuar hisob-kitoblar asosida sugʻurta tariflari qayta koʻrib chiqilib, sugʻurta summalari va mukofotlari bozor tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
“2026-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summasini 80 mln soʻmgacha (amalda 40 mln soʻm) oshirilishi belgilandi. «Bu oʻz navbatida YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻning bugungi kun talabiga mos ravishda boʻlishiga xizmat qiladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, haydovchilar soniga qarab cheklangan va cheklanmagan polislarni rasmiylashtirish mexanizmi belgilandi. Bunda aybdor deb topilgan sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchisi tomonidan sugʻurta daʼvolari va boshqa nizolarni koʻrib chiqish tartibi aniqlashtirildi.
Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasiga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan huquqiy maslahat hamda YTH toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan bogʻliq adjasterlik xizmatini koʻrsatish funksiyasi qoʻshildi.
Majburiy sugʻurtalash majburiyatining bajarilishini nazorat qilish uchun masʼul organlar va Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritish tartibi aniqlashtirildi.
Manfaatdor davlat organlari bilan majburiy sugʻurta boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-apreldan Yagona sugʻurta billing tizimi joriy etilishi xabar qilindi. Bu polislarni rasmiylashtirishda sugʻurta mukofotlari tushumlarining markazlashtirilgan hisobini yuritilishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring