Avtomobil yoʻllari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablagʻlar nazorati boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi

16:49 07 Iyun 2022 Siyosat
561 0

Davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida transport sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish ishlari sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Shu bois, transport vaziri I.Mahkamovga:

— aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investorlarni jalb qilish ishlari qoniqarsizligi;

— Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon yoʻnalishidagi tez yurar avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha xususiy sheriklik loyihalari ham qoniqarsizligi;

— hududlar oʻrtasida avia, temir yoʻl va avtotransport qatnovlarini koʻpaytirish ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilgani koʻrsatib oʻtildi va oxirgi marta ogohlantirish berildi.

Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports”ga:

— 1-iyulga qadar aeroportlarga xususiy sheriklik asosida investor hamda ichki aviaqatnovlar uchun loukosterlarni jalb qilish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash;

— 1-avgustga qadar ichki aviaqatnovlarni haftasiga 90 taga koʻpaytirish topshirildi.

Temir yoʻl tizimi transformatsiyasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Avtomobil yoʻllari sohasida qurilish sifati va ajratilayotgan mablagʻlar nazorati boʻyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?