"Avifavir" "Covid-19" bemorlarini davolashda yuqori samaradorlikka ega. U Oʻzbekistonda ham qoʻllanilmoqda
Oʻzbekistonga Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi "Avifavir" preparati yetkazib berilgani xabar qilinmoqda. Ushbu preparat haqida maʼlumot bersangiz? Qayerdan va necha soʻmga olsa boʻladi?
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda berilgan ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
— 2020-yil 30-mayda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Rossiyada "Covid-19"ni davolash uchun birinchi dori vositasini roʻyxatdan oʻtkazdi. Preparat "Avifavir" deb nomlangan boʻlib, ushbu preparat "Covid-19" virusi koʻpayish mexanizmini buzishi, toʻgʻridan-toʻgʻri virusga taʼsir qilishi bilan ajralib turishi klinik tadqiqotlar paytida isbotlangan va "Covid-19"ga chalingan bemorlarni davolashda yuqori samaradorlikni koʻrsatganligi uchun Rossiya Federatsiyasida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Haqiqatdan ham, sotuvda ushbu preparat yoʻq. Biroq Oʻzbekiston Respublikasi Xitoy va Hindistonda ishlab chiqilgan "Avifavir" preparatini “Mehr-shafqat” jamgʻarmasi hisobidan xarid qilgan va bemorlarni davolash uchun ishlatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring