Avariya ishorasi qanday holatlarda yoqiladi?
Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorugʻlik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi.
Ushbu ishora quyidagi hollarda yoqilishi kerak:
— yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;
— toʻxtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻxtaganda;
— fara chiroqlari yorugʻligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;
— shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida);
— “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega boʻlgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda.
Transport vositasi xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring