AQSHdan deportatsiya qilingan 7 nafar oʻzbekistonlik Kosta-Rikaga yuborilmadi
Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Axror Burxanovning maʼlum qilishicha, AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan 7 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi.
Ular Oʻzbekistonga qaytish niyatida boʻlishgan va 24-fevral kuni Nyu-York–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yurtimizga yetib kelishgan.
Vashington va Kosta-Rika oʻrtasidagi bitimga asosan davlatga AQSHdan deportatsiya qilingan 200 nafargacha boʻlgan shaxslar vaqtincha joylashtirilishi kerak edi.
Bunda migrantlarga bir oy davomida mamlakatda qolish huquqi beriladi. Shu muddat ichida ularni ixtiyoriy ravishda vataniga qaytarilishi masalasi hal qilinadi. Qaytishni rad etganlar ustidan esa individual qaror chiqariladi.
Taʼkidlash joiz, Donald Tramp oʻzining qasamyod nutqida ham janubiy chegaralardan kirib kelayotgan xorijliklar oqimini toʻxtatish va millionlab chet elliklarni kelgan joyiga qaytarish jarayonini boshlashi haqida aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring